Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq raisi Tuliya Ekson bilan uchrashdi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq raisi Tuliya Ekson bilan uchrashdi. O‘zaro muloqotda O‘zbekiston va Parlamentlararo ittifoq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlarning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.